Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Donald Trampga futbolka sovg‘a qildi.

Futbolchidan sovg‘ani Yevropa kengashi rahbari Antonio Koshta topshirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sovg‘a “maxsus xabar”ga ega.

Tinchlikni yoqlovchi Prezident Donald J. Trampga — Krishtianu Ronaldu o‘z qo‘li bilan shaxsiy futbolkasiga yozib berdi.

Avvalroq ABC News telekanali AQSH prezidenti ma’muriyati Qatar qirollik oilasi tomonidan “uchar saroy” nomini olgan hashamatli Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a sifatida qabul qilib olmoqchiligi haqida xabar bergandi.

Bu sovg‘a xorijiy hukumatlar tomonidan AQShga berilgan eng qimmatbaho sovg‘a bo‘lishi mumkin. Havo kemasining narxi taxminan 400 million dollarga baholanmoqda.