“Manchester Siti” futbolchisi Abduqodir Husanov transfermarkt talqiniga ko‘ra, eng qimmat osiyolik futbolchilar ro‘yxatiga ko‘tarildi.

Portal Ispaniya La Ligasida o‘ynaydigan futbolchilarning bozor narxlarini yangiladi. Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasidan joy olgan “Real Sosedad”ning yaponiyalik vingeri Takefusa Kubo 30 mln yevroga (-10 mln yevro) arzonlashdi. Bu Abduqodir Husanovga kuchli uchlikka kirish imkonini berdi.

Osiyoning eng qimmat futbolchilari uchligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Yaponiyalik vinger Kaoru Mitoma, Angliyaning “Brayton” klubida o‘ynaydi — 40 mln yevro;
  • koreyalik himoyachi Kim Min Je, Myunxenning “Bavariya” klubida o‘ynaydi — 40 mln yevro;
  • O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubida o‘ynaydi — 35 mln yevro.