AQShda Oq uyda Eronga zarba berish to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, AQSH prezidenti Donald Tramp bir nechta harakat variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Xususan, u Eron o‘zining yadroviy salohiyatini rivojlantira olmasligiga kafolat olish niyatida.
Avvalroq ABC nashri bir yoki ikki kun ichida AQSH Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasiga qo‘shilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinligi haqida yozgandi. Bu haqda ABC nashri yozmoqda.
Belgilangan vaqt ichida Vashington mojaroni diplomatik usullar bilan hal qilish mumkinligi yoki AQSH prezidenti Donald Tramp harbiy harakatlarga o‘tishga qaror qilishi mumkin.