18-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab issiq ob-havo kutilmoqda, havo oz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet prognozi ma’lum qildi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 32-44°, shimolda va tog‘ oldi hududlarida 25-30° bo‘ladi.
Toshkentda oz bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 39-41°.
Tog‘li hududlarda havo oz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 25-30° atrofida.