O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi uchta nazorat-o‘tkazish punkti 24 soatlik rejimda ishlay boshlaydi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.
18-iyundan boshlab “Farg‘ona” chegara-bojxona posti, Shohimardon qishlog‘idagi “Oqqiya” bojxona posti, shuningdek, “So‘x” postidagi “Chashma” punkti tunu kun ishlay boshlaydi.
Bu fuqarolarning harakatlanishini osonlashtirishga va ikki davlat o‘rtasidagi nazorat-o‘tkazish punktlarida navbatlarni kamaytirishga yordam berishi rejalashtirilgan.