Toshkentda 26-iyundan 2-iyulga qadar stol tennisi bo‘yicha U15 va U19 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Turnirda Xitoy, Yaponiya, Koreya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston kabi 22 davlatdan 400 dan ortiq yosh stol tennisi ustalari ishtirok etadi.

Ayni paytda sportchilar bo‘lajak musobaqalarga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Musobaqa poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida bo‘lib o‘tadi.