18-iyun kuni Toshkentning beshta tumanida gaz qisman o‘chirildi, deya xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi.
Shu munosabat bilan quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Zakovat” mahallasida 56 ta xususiy uy va uchta ulgurji iste’molchi;
- Sergeli tumani, soat 10:00 dan 17:00 gacha: “Qut-baraka”, “Qo‘shqo‘rg‘on” va “Uchuvchilar” mahallalaridagi 412 ta xususiy uy, 28 ta ko‘p qavatli uy va 18 ta ulgurji iste’molchilar;
- Yangihayot tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Xushnud” mahallasidagi 112 ta xususiy uy va beshta ulgurji iste’molchi;
- Olmazor tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Hastimom” mahallasida 135 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste’molchi;
- Shayxontohur tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Gulbozor” mahallasida 80 ta xususiy uy, 54 ta ko‘p qavatli uy va 13 ta ulgurji iste’molchilar.