Italiyaning «Roma» klubi futbolchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Gazetaarena nashri yozmoqda.

29 yoshli hujumchiga bir vaqtning o‘zida bir nechta klublar qiziqish bildirgan: «Istanbul Bashakshehir,» «Galatasaroy,» «Fenerbaxche,» «Beshiktosh» va «Trabzonspor.»

Insayderlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchini qo‘lga kiritishga «Istanbul Bashakshehir» klubi eng yaqin turibdi. Ta’kidlanishicha, Shomurodov klub taklifini ijobiy qabul qilgan.

«Roma» Eldor Shomurodovni yozgi transferlar vaqtida sotib yuborishga qaror qildi, chunki uning shartnomasi 2026-yilda tugaydi. Klub futbolchini sotishdan maksimal foyda ko‘rmoqchi.