Isroil Turizm vazirligi mamlakatni tark etishni istagan xorijliklarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda O‘zbekiston elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun ism, telefon raqami va elektron pochtani (ro‘yxatdan o‘tish shakli) ko‘rsatgan holda maxsus onlayn shaklni to‘ldirish kerak. Barcha ma’lumotlar raqamli reyestrda saqlanadi va faqat zarurat tug‘ilganda aviakompaniyalar bilan muvofiqlashtirish uchun Isroil Milliy xavfsizlik kengashi va Transport vazirligiga berilishi mumkin.

Hozir Isroil hududida 38 mingga yaqin sayyoh bor. Iordaniya va Misr bilan barcha quruqlikdagi nazorat-o‘tkazish punktlari ochiq, ko‘plab sayyohlar aynan ular orqali chiqishni tanlaydi.

Bundan tashqari, sayyohlar uchun tun-u kun ishlaydigan virtual axborot ofisi ham ochilgan.