Madridning «Real» klubi forvardi Kilian Mbappe shifoxonaga yotqizildi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Fransuz o‘tkir gastroenterit bilan og‘rib qoldi. Turli tekshiruv va muolajalardan o‘tish uchun shifoxonaga yotqizilgan. Sportchi shifoxonaga ketishidan oldin klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 1-tur uchrashuvini o‘tkazib yubordi.
Marca xabariga ko‘ra, «Real»ning yulduz hujumchisi kasallikdan so‘ng izolyatsiya protokoliga amal qilmoqda. Mbappe mehmonxonadagi xonasida bo‘lgan va jamoaning boshqa futbolchilariga virus yuqtirmaslik uchun u yerdan chiqmagan. Bundan tashqari, Kilian kasallik va ishtahaning yo‘qolishi fonida o‘z ratsionini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi.