Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bilan migratsiya masalalarini Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda hal qilishini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Davlat rahbari Peterburg iqtisodiy forumi doirasida xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uning tushuntirishicha, O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Rossiya Federatsiyasida ishlashni xohlaydigan odamlarni tayyorlashga kelishib olgan. Bu rus tilini, rus madaniyatini o‘rganishga taalluqli.

“Shavkat Miromonovich bilan migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishga kelishib oldik. Nima uchun? Chunki bizda mehnat bozori bugungi kunda qanday holatda ekani ma’lum.

Sizlarda, O‘zbekistonda ma’lum bir bosim bo‘layapti. Lekin nima qilishni birgalikda kelishib oldik. Umid qilamanki, bularning barchasini tashkil qilamiz”, — dedi Putin.