19-iyun kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet prognozida aytiladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 30-43°, shimolda va tog‘oldi hududlarda 25-30° bo‘ladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 37-39° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo oz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 25-30° atrofida.