19-iyun kuni SpaceX kompaniyasining Starship og‘ir eltuvchi raketasi statik o‘t ochish sinovi paytida portlab ketdi, deb xabar bermoqda CNBC.

O‘ninchi sinov parvoziga tayyorlanayotgan Starship kosmik kemasi Starbase sinov kosmodromida “jiddiy anomaliya”ga duch keldi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi ma’lum qildi.

“Butun operatsiya davomida maydon atrofida xavfsizlik zonasi saqlanib, barcha xodimlar xavfsizlikda va aloqada. Yaqin atrofdagi aholi punktlari aholisiga hech narsa tahdid solmayapti va xavfsizlikni ta’minlash ishlari davom etayotgan paytda ularga yaqinlashmaslikni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.