19-iyun kuni shamolning o‘zgarishi tufayli bir nechta samolyotlar Toshkentga qo‘na olmadi. Bu haqda Uzbekistan Aiports axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent aeroportida shamolning o‘zgarishi sababli soat 16:03 da havo kemalarini qabul qilish va chiqarish vaqtinchalik cheklandi. Shu sababli bir nechta reyslar Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.

Xususan:

  • Qanot Sharq aviakompaniyasining HH-2232 Komron – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha (qo‘nish 16:35 da);
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9732 Maxachqal’a – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha (qo‘nish soat 16:42);
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Dehli – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-424 reysi (qo‘nish vaqti 16:51).

Shuningdek, Air Astana aviakompaniyasining Ostona – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha KS-123 Turkistondagi muqobil aerodromga jo‘nab ketishga qaror qildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da vaziyat barqarorlashdi, «Toshkent» aeroportida havo kemalarini qabul qilish va chiqarish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi. Havo porti odatdagi rejimda ishlamoqda. Zaxira aerodromlarga qo‘ngan samolyotlar Toshkentga uchishga tayyorlanmoqda.

Shamolning siljishi — bu yo‘lning kichik oralig‘ida shamol yo‘nalishini yoki tezligini keskin o‘zgartiradigan vaziyat. U gorizontal yoki vertikal bo‘lishi mumkin, samolyotga gorizontal parvoz paytida, ko‘tarilish yoki pasayish paytida ta’sir qiladi.