19-iyun kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Bektemir, Yangihayot, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida gaz o‘chirildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Gaz xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, uzilish rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda gaz ta’minoti to‘xtatildi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani soat 18:00 gacha – Sho‘rtepa, Sh.Burxon ko‘chalari, Sh.Burxon 1-berk ko‘chasi, Charog‘on – 253 ta xonadon va 11 ta ulgurji iste’molchilar;
- Sergeli tumani 17:00 gacha – «Xonobod» mahallasi – 175 ta xonadon va 1 ta ulgurji iste’molchi;
- Bektemir tumani soat 18:00 gacha – Gulbog‘ mahallasi – 420 ta xonadon va 18 ta ulgurji iste’molchi;
- Yangihayot tumani soat 18:00 gacha – «Yorqin hayot» mahallasi – 8 ta ko‘p qavatli uy va 4 ta ulgurji iste’molchi;
- Yunusobod tumani soat 20:00 gacha – «Minor,» «U.Shirin,» «To‘raqo‘rg‘on» mahallalari – 400 ta xonadon va 10 ta ulgurji iste’molchilar;
- Shayxontohur tumani soat 20:00 gacha – THAY ko‘chasi – 5 ta ko‘p qavatli uy va 5 ta ulgurji iste’molchi.