O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatchilarining ish haqi ularning ish tajribasi, akademik va kasbiy darajasi hamda faoliyat natijalarini hisobga olgan holda belgilanadi. Bu haqda prezident qarorida aytilgan.

Yangilikka ko‘ra, davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash yagona tamoyil bo‘yicha amalga oshiriladi. Moliya vazirligi va Mehnat vazirligiga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar yagona tamoyildan kelib chiqqan holda «Davlat xizmatchilarining oylik ish haqi tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasini kiritish topshirildi.

Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilarining lavozim maoshlarini ish staji, ilmiy va kasbiy darajasi, faoliyat samaradorligi va boshqa ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda shakllantirish topshirildi.