2024-yilda qurolli mojarolar hududlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning rekord darajasi qayd etildi. Bu haqda BMT bosh kotibi hisobotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bir yil ichida qurolli mojarolar hududlarida bolalarga nisbatan 41 370 ta jiddiy qoidabuzarliklar qayd etilgan — bu qariyb 30 yil davomida olib borilgan monitoringdan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2023-yilga nisbatan qoidabuzarliklar soni 25 foizga oshgan.
Eng ko‘p hodisalar Isroil va bosib olingan Falastin hududlarida, shuningdek, Kongo Demokratik Respublikasi, Somali, Nigeriya va Gaitida qayd etilgan.
Eng keng tarqalgan qoidabuzarliklar bolalarni o‘ldirish va jarohatlash (11,967 ta holat), gumanitar yordamni rad etish (7 906 ta) va bolalarni qurolli tuzilmalarga yollash yoki ulardan foydalanish (7 402 ta) bo‘ldi.
Shuningdek, maktablarga hujumlar (44 foizga) va jinsiy zo‘ravonlik (34 foizga) soni oshgan. Bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalar soni ham oshdi.
Bundan tashqari, mojaro ishtirokchilari bilan aloqada bo‘lgan yoki bo‘lmagan 3 018 nafar bolaning qo‘lga olinishi holatlari qayd etilgan.