Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Xatibzodaning ma’lum qilishicha, Tehron atom bombasini ishlab chiqishga intilmagan va kelajakda ham buni amalga oshirish niyatida emas. Tasnim nashri amaldorning so‘zlarini keltirmoqda.

Said Xatibzodaning ta’kidlashicha, Eron kuchlarining Isroil hududiga hujumlari faqat harbiy va razvedka obyektlariga qaratilgan.

“Agar Eron bomba yasamoqchi bo‘lsa, hozirgacha uni yasab qo‘yishi aniq edi. Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lishga intilmagan va kelajakda ham bunga intilmaydi”, — dedi u.

Avvalroq Oq uy Donald Tramp ikki hafta ichida Eronga hujum qilish bo‘yicha qaror qabul qilishini ma’lum qilgandi.