Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyatidagi tuman bo‘limlaridan birining boshlig‘i pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Gumonlanuvchi o‘ziga bo‘ysunuvchi sud ijrochisining ish yurituvida bo‘lgan ijro varaqasi asosida javobgarlarni uydan ko‘chirish bo‘yicha ijro harakatlarini yakunlashga va’da bergan.
Xizmatlari uchun 2 ming dollar so‘radi. Iyun oyi boshida u 1,2 ming dollar olgan. Keyinroq u qolgan 800 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olingan.