O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadagi umumiy sonning deyarli chorak qismini tashkil etdi. RIA Novosti nashri Rossiya Federatsiyasi Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i Valentin Kazakovning so‘zlarini keltirmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda Rossiyaga 6,3 millionga yaqin muhojir kelgan, ularning yarmi ishga joylashish maqsadida. O‘zbekiston fuqarolari jami migrantlarning 23,3 foizini tashkil etdi – bu deyarli 1,5 million kishi. Shuningdek, 16,7 foizini Tojikiston, 10,4 foizini Qirg‘iziston va 9,5 foizini Belarus fuqarolari tashkil etgan.
Biz pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlarga qaytdik. Rossiyaga qariyb 6,3 mln chet el fuqarosi kelgan. Ularning qariyb 50 foizi ishga joylashish maqsadida kelgan, – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, migrantlar davlat xizmatlari orqali Rossiya Ichki ishlar vazirligini patent olganliklari haqida xabardor qilishlari mumkin bo‘ladi.