O‘zbekistonda 20-iyundan boshlab bolalarni 1-sinfga onlayn qabul qilish boshlandi. Bu haqda MMTV xabar berdi.
Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.
Elektron qabul jarayoni bo‘yicha savollar tug‘ilsa, 71-203-07-04, 71-203-04-03 call-markaz raqamlari yoki @mymaktab_uz rasmiy Telegram kanali orqali javob olish mumkin.