20-iyun kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zi hududlarda esa 20-22 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Havo harorati 33-38° atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 3-8 m/s, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Havo harorati 35-37° bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari yuz berishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° atrofida bo‘ladi.