O‘zbekistonda chigirtkalar 515 ming gektar maydonga tarqalishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lum qildi.

Mutaxassislar tomonidan 875 ming gektardan ortiq maydonda monitoring o‘tkazildi. Hasharotlarning hujumi asosan Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kuzatilmoqda.

507 181 gektar maydonda hasharotlarga qarshi kimyoviy kurash tadbirlari o‘tkazildi. Asosiy o‘choqlar Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tugatildi.

Kimyoviy nazorat erta tongda va kechqurun, monitoring esa kun davomida o‘tkaziladi.