2025-yilda Qashqadaryo viloyatiga 3,5 milliard dollar miqdorida investitsiya jalb qilmoqchi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev viloyatni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Kitobdagi 100 gektar maydonda 20 tonna oltin zaxirasi aniqlangan. Potensial investorlar atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda yopiq usulda metall qazib olish uchun 100 mln dollardan 150 mln dollargacha sarmoya kiritishga tayyor. Davlatimiz rahbari bu konni ham auksionga chiqarish kerakligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Kitobdagi beshta istiqbolli uchastkada yana 39 tonna oltin, Chiroqchida esa 10 ming tonna noyob metallar aniqlangan. Prezident geologiya-qidiruv ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. Muborakdagi gazni qayta ishlash zavodi atrofida mavjud infratuzilmadan foydalanib, 200 gektar maydonda innovatsion sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan. Unda neft-kimyo, elektrotexnika, robototexnika va qurilish materiallari sohalarida 5 ta yirik loyiha klaster usulida amalga oshiriladi.