Yekaterinburgda o‘smirni o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sverdlovsk viloyati sudlari matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston fuqarosi Yekaterinburgda voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlashda gumonlanib qo‘lga olindi. Kuni kecha Chkalov tuman sudi unga nisbatan 1 oy 30 kun muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llagan.

U Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan odam o‘g‘irlash) 2-qismi «d» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 14 yoshli qizni yo‘ldan urib, Yekaterinburgdan Chelyabinskka olib ketgan. Qizaloqni ikki haftacha qidirishdi.