Uzbekistan Airports Toshkent aeroportida bepul Wi-Fi tarmog‘iga qanday ulanish haqida ma’lumot berdi.

Buning uchun u UzAirports FREE Wi-Fi tarmog‘iga ulanishi kerak.

Pasport skaneri orqali

Rasmli sahifada xalqaro (xorijiy) pasportni ochib, skanerdan ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak. Telefon ekranida avtorizatsiya sahifasi ochiladi – ulanishning qulay usulini tanlash kerak. Skaner ekranida shaxsiy Wi-Fi kodi paydo bo‘ladi. Uni suratga oling yoki chop eting. Keyin telefoningizda avtorizatsiya sahifasida ushbu kodni kiriting va tasdiqlash uchun tug‘ilgan kuningizni kiriting.

Onlayn registratsiya

Pasport rasmini yuklash yoki suratga olish mumkin. Tizim ma’lumotlarni avtomatik ravishda taniydi. “Ulanish” tugmasini bosing va internetdan foydalaning. Muhim: bu usul iOS qurilmalarida yaxshiroq ishlaydi.

SMS orqali

Telefon raqamingizni xalqaro formatda kiriting, bir martalik kodni oling va uni saytda kiriting. Agar rouming yoqilgan bo‘lsa, bu usuldan foydalanish mumkin. Cheksiz Wi-Fi aloqasini maksimum 60 daqiqaga ulash mumkin. Kuniga uch martagacha ulanish mumkin.