20-iyun kuni Toshkentning ikki tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Ta’mirlash ishlari munosabati bilan quyidagi manzillarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Sergeli tumani soat 10:00 dan 17:00 gacha: “Yuqori Darxon” va “Daryobo‘yi” MFY, 393 ta aholi xonadonlari, 3 ta ulgurji iste’molchilar:
  • Yangihayot tumani 11:00 dan 17:00 gacha: “Yangi Choshtepa” mahallasi, 75 ta ko‘p qavatli uy, 9 ta ulgurji iste’molchi.

Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi.