AQSH prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Oq uy ikki hafta ichida Eron hukumati «o‘ziga kela oladimi» yoki yo‘qligini kuzatadi. «Kommersant’» nashri Oq uy rahbarining so‘zlarini keltirmoqda.
Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, ikki haftalik muddat Tehronning Vashington bilan muloqotga qaytishi uchun maksimal muddatdir.
Bu muddat qanday o‘tishini ko‘ramiz, lekin men ularga vaqt beraman va aytishim mumkinki, ikki hafta – bu maksimum. Shunchaki odamlar o‘ziga kelish-kelmasligini ko‘rish vaqti keldi, – dedi AQSH prezidenti.
Donald Trampning qo‘shimcha qilishicha, u Isroil hukumatiga Eronga zarba berishni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazish niyatida emas.
To‘xtatish juda qiyin bo‘ldi, agar bunga qarasak, Isroil urushda muvaffaqiyatga erishmoqda, Eron esa, menimcha, uning ishlari yomonroq ketmoqda, deb aytish mumkin, – deb hisoblaydi Amerika yetakchisi.
Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi sulhni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini aytdi, biroq «bu vaziyatga bog‘liq».