Farg‘ona aeroportida bojxona xizmati xodimlari qimmatbaho metallning mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi.

Viloyat bojxona boshqarmasining ma’lum qilishicha, xorijga uchib ketayotgan yo‘lovchilardan biri shubha uyg‘otgan. Body Scanner skaneri yordamida qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilganda, u ichida umumiy og‘irligi 250 gramm bo‘lgan uchta oltin quymasini yashirgani ma’lum bo‘ldi.

Olib qo‘yilgan metallning baholangan qiymati 358 million so‘mni tashkil etgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.