21-iyun kuni kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi hududlarda chang ko‘tarilishi ehtimoli bor. Harorat 33-38°, janubiy va cho‘l hududlarida 40-42° gacha ko‘tariladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol tezligi 5-10 m/s. Harorat 36-38°.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° atrofida bo‘ladi.