Pokiston hukumati AQSH prezidenti Donald Trampni 2026 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Bu haqda mamlakat hukumati X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qaror «uning yaqinda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi inqiroz davridagi qat’iy diplomatik aralashuvi va asosiy yetakchiligini e’tirof etish» sifatida qabul qilindi.

Tramp Islomobod va Nyu-Dehli bilan mustahkam diplomatik aloqalar o‘rnatish orqali o‘zining ajoyib davlat donoligini namoyish etdi, bu esa tezda yomonlashib borayotgan vaziyatni yumshatishga olib keldi, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, Trampning harakatlari o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minladi va mintaqadagi va undan tashqaridagi millionlab odamlar uchun halokatli oqibatlarga olib keladigan ikki yadroviy davlat o‘rtasidagi kengroq mojaroning oldini oldi.

Tramp o‘z nomzodiga izoh berib, buning uchun hech qachon Nobel mukofotini ololmasligini ta’kidladi. Shuningdek, u Kongo va Ruanda 23 iyun kuni AQSH ishtirokida tinchlik shartnomasini imzolashini aytdi.