Erondagi mojaro AQSH uchun katta xavf tug‘diradi va mamlakatda teraktlar sodir etishga urinishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda AQSH Ichki xavfsizlik vazirligining terrorchilik tahdidi haqida ogohlantirish milliy tizimi byulletenida aytilgan.
Byulletenda aytilishicha, agar Eron rahbariyati AQShga qarshi javob zo‘ravonligiga chaqiruvchi diniy qaror chiqarsa, AQSH ichidagi «jangari ekstremistlar»ning «zo‘ravonlikka o‘zlari safarbar bo‘lishi» ehtimoli ortishi mumkin.
Idora, shuningdek, AQSH tarmog‘ida eronparast xakerlarning ehtimoliy kiberhujumlari va Eron 2020 yil yanvar oyida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining «Al-Quds» bo‘linmasi sobiq qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun javobgar deb hisoblagan amerikalik amaldorlar uchun xavflar haqida ogohlantirdi.
AQSH Davlat departamenti ham Yaqin Sharqdagi vaziyat munosabati bilan butun dunyo bo‘ylab amerikalik fuqarolarni ogohlantirib, ularga «xorijda AQSH fuqarolari va manfaatlariga qarshi namoyishlar» ehtimoli tufayli ehtiyotkorlikni oshirishni tavsiya qildi.