AQSH prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini aytdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida post yozdi.

Barchani tabriklaymiz! Isroil va Eron to‘liq va keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatishga (taxminan olti soatdan so‘ng, Isroil va Eron hozirgi, so‘nggi missiyalarini yakunlaydi!), 12 soatga, shundan so‘ng urush tugagan deb hisoblanishiga to‘liq rozi bo‘ldi. Rasmiy ravishda Eron o‘t ochishni to‘xtatishni boshlaydi va 12-soatda Isroil o‘t ochishni to‘xtatishni boshlaydi, 24-soatda esa dunyo 12 kunlik urush tugaganini nishonlaydi, — deb yozdi AQSH prezidenti.

Trampning ta’kidlashicha, mojaro yillarga cho‘zilishi va «butun Yaqin Sharqni vayron qilishi» mumkin.

Men har ikki davlatni, Isroil va Eronni «12 kunlik urush» deb atalishi kerak bo‘lgan urushga barham berish uchun yetarlicha matonat, jasorat va aql-idrokka ega bo‘lgani bilan tabriklayman, — dedi u.

Shu bilan birga, ikki davlat rasmiylari kelishuvlarni tasdiqlamagan.