Isroil bosh vaziri maslahatchisi Dmitriy Gendelman Eron o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzgan taqdirda davlat qat’iy choralar ko‘rishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil sulh shartlarining har qanday buzilishiga maksimal qat’iyat bilan javob beradi. Isroil fuqarolari o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilish to‘liq tasdiqlanmaguncha mamlakatning orqa tomoni qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga amal qilishni davom ettirishlari shart.
24-iyunga o‘tar kechasi AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini ma’lum qildi.
Eronning Press TV telekanali Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi boshlanganini e’lon qildi. Rejim Eronning Isroil hududiga to‘rt marta hujum uyushtirganidan keyin kuchga kirdi. Tramp o‘t ochishni to‘xtatish boshlanganini tasdiqladi.