Har yili havoning mayda PM2.5 zarralari bilan ifloslanishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida 65 mingdan ortiq bevaqt o‘limga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Jahon bankining «Markaziy Osiyoda havo sifatini boshqarish» ma’lumotlarida keltirilgan.
Iqtisodiy zarar yiliga 15,2 – 21,7 milliard dollarga baholanmoqda, bu mintaqaviy YIMning 3-5 foizini tashkil etadi. Mintaqaning barcha mamlakatlaridagi havo holati jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Xususan, hozirgi vaqtda mintaqadagi eng yirik shaharlarda PM2,5 mayda dispers zarrachalarining o‘rtacha yillik konsentratsiyasi JSST me’yoridan 6-12 baravar yuqori.
Shu bilan birga, ifloslanishning asosiy manbalari uy-joy sektorida qattiq yoqilg‘ini yoqish, avtotransport, sanoat, shuningdek, tabiiy changdir. Shunday qilib, mutaxassislar Markaziy Osiyo mamlakatlarining yillik qiymatlarini tahlil qilib, Tojikiston poytaxti Dushanbeda PM2,5 ning eng yuqori konsentratsiyalaridan birini qayd etishga muvaffaq bo‘lishdi – ular 54,6 mkg/m3 ni tashkil etdi.
Eng yuqori ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Toshkent egalladi – u yerda PM2.5 ning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi 40,3 mkg/m3 ni tashkil etdi. Keyin mamlakatlar quyidagicha joylashdi:
- Qirg‘izistonda (Bishkek) PM2.5 ning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi – 32,5 mkg/m3 atrofida;
- Qozog‘istonda (Olmaota, Ostona) PM2.5 ning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi – 30 mkg/m3;
- Turkmanistonda (Ashxobod) PM2.5 ning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi mintaqaning boshqa poytaxtlariga qaraganda pastroq – taxminan 19,2 mkg/m3.