24-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo oz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lumot bermoqda.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 32-44°, shimoliy va tog‘ oldi hududlarda 28-33° bo‘ladi.
Toshkentda havo oz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Harorat 39-41° atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo oz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° atrofida bo‘ladi.