Rossiya Davlat dumasi migrantlarning farzandlari maktabga bormasa, ularning oilalarini chiqarib yuborishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Deputat Sardana Avksenteva «Novie lyudi» IIVga bunday choraga imkon beradigan normani joriy etish taklifi bilan murojaat yo‘lladi.

Hujjatda aytilishicha, hozirda Rossiyada 600 mingdan ortiq voyaga yetmagan muhojirlar yashaydi. Bu raqamdan 50 foizi maktabga bormaydi.

Avksentevaning fikricha, bu muammo, boshqa narsalar qatori, ijtimoiy barqarorlik va xavfsizlik uchun xavf tug‘diradi, etnik anklavlarning shakllanishiga va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning ko‘payishiga olib keladi.