21-iyun kuni Sirdaryo viloyatida FVB xodimlari suv kanalidan erkak kishining jasadini topdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa soat 11:46 da Sayxunobod tumanida sodir bo‘lgan. «Baxmalsoy» MFY hududidan oqib o‘tuvchi kanaldagi suv yuzasida jasad ko‘zga tashlangan.

Qutqaruvchilar 59 yoshli erkakning jasadini suvdan olib chiqdi. Ish bo‘yicha tergov boshlandi. Qo‘shimcha ma’lumot keyinroq e’lon qilinadi.