Toshkent viloyatida yengil avtomobil va yo‘lovchi avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Viloyat YHXB hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.
Hodisa 23-iyun kuni taxminan soat 17:00 da “Toshkent—Chirchiq—Chimyon” avtomobil yo‘lining 6-kilometrida sodir bo‘lgan. Bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 42 yoshli avtobus haydovchisi va 28 yoshli Cobalt haydovchisi to‘qnashib ketgan. Yengil avtomobil haydovchisi avtobusni keskin kesib, yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqardi.
Baxtsiz hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi. Avtobus va bir nechta avtomobillarga texnik shikast yetgan. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.