25-iyundan Toshkentning Yashnobod tumanidagi bir nechta ko‘chalar ta’mirlash ishlari vaqtida yopiladi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 00:00 dan Yashnobod tumani Ohangaron shohko‘chasining Temur Malik-Parkent-Maxtumquli aylanma chorrahasidan Ohangaron shohko‘chasining aylanma chorrahasigacha bo‘lgan qismi bo‘ylab transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Ishni bajarish muddati: 25-iyundan 1-iyulgacha.

Shahar aholisidan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralib, haydovchilarga Bektemir shohko‘chasi, Farg‘ona shossesi, Maxtumquli ko‘chasi va Yangi O‘zbekiston ko‘chasi kabi muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi.