Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron mojarodan so‘ng yadro qurolini ishlab chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lganini aytdi. “Interfaks” nashri yuqori lavozimli amaldorning so‘zlarini keltirmoqda.

Netanyaxuning qo‘shimcha qilishicha, Isroil Erondan o‘ziga nisbatan “ikkita ekzistensial tahdid”ni bartaraf etgan — “yadroviy bombalar bilan yo‘q qilish tahdidi va 20 ming ballistik raketalar bilan yo‘q qilish tahdidi”.

“O‘nlab yillar davomida men Eronda yadro quroli bo‘lmasligiga va’da berganman va jangchilarimizning ajoyib operatsiyalari tufayli biz Eron yadroviy loyihasini nolga tushirdik. Agar kimdir uni qayta tiklashga urinsa, biz bunday urinishni barbod qilish uchun xuddi shunday qat’iyat va kuch bilan harakat qilamiz. Eron yadro quroliga ega bo‘lmaydi”, — dedi Isroil bosh vaziri.

Mamlakat bosh vaziri AQSH prezidenti Donald Trampga Isroilni himoya qilish va “Eron yadroviy tahdidini” bartaraf etishdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi.