25-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo oz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zi hududlarda 20-22 m/s gacha kuchayishi va chang ko‘tarilishi mumkin. Kunduzi harorat 26-43°, shimolda va tog‘ oldi hududlarida 28-33° bo‘ladi.

Toshkentda havo oz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi va chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat 38-40° atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo oz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 28-33° atrofida bo‘ladi.