O‘zbekistonlik jangchi Furqatbek Yoqubov The Ultimate Fighter shousida qozog‘istonlik Alibi Idirisga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu haqda Tengri Sport xabar berdi.

25-iyun kuni UFC The Ultimate Fighter realiti-shousining yangi soni chiqdi, unda O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishdi.

Ikkinchi raundda qozog‘istonlik raqibining ko‘ziga turtib yuborgani uchun jang to‘xtatildi. Idrisdan ochko olib tashlandi, ammo u baribir Yoqubov ustidan g‘alaba qozondi — jang hakamlarning bir ovozdan Qozog‘iston vakili foydasiga hal bo‘ldi.

Biz bir-birimizni anchadan beri bilamiz va mehmonxonada suratga olish jarayonida uchrashganimizda, bizni birinchi bo‘lib qo‘ymasliklariga umid qilgandik. Albatta, finalda to‘qnash kelish yaxshi bo‘lardi, lekin shunday bo‘ldi. Shaxsiy hech narsa yo‘q, bu katta sport — qay birimiz yaxshiroq ekanligimizni bilib oldik va do‘stlashishda davom etdik, — dedi Alibi Idris.

The Ultimate Fighter shousi g‘oliblari UFC’ga kafolatlangan yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.