Rossiya Davlat dumasi deputatlari ikkinchi va uchinchi o‘qishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga shartnoma tuzish va Qurolli kuchlarda xizmat qilishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Hujjat parlament quyi palatasining ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan.
Loyiha aprel oyida Davlat Dumasiga kiritilgan va «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida,» «Mudofaa to‘g‘risida» va «Harbiy xizmatchilar maqomi to‘g‘risida»gi federal qonunlarga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi. Yakuniy tahrirda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan shartnomalar safarbarlik, harbiy holat yoki urush davri uchun tuzilishi mumkinligi aytiladi.
Keyingi bosqich Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qonunning imzolanishi bo‘ladi. Tushuntirish xatida aytilishicha, hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi kerak – «RF qurolli kuchlarini zudlik bilan to‘ldirish maqsadida.»