Transport prokuraturasi Toshkent metropolitenida profilaktika ishlarini olib borishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Transport prokurori Ikrom Narimov boshchiligidagi ishchi guruh yerusti metrosi qurilishi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi. Xususan, metropolitenning birinchi va ikkinchi bosqichlari oralig‘ida joylashgan “Texnopark” va “Qipchoq” bekatlari oralig‘idagi uchastkadagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Tekshirish davomida bir qator kamchilik va xatolar aniqlandi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, bajarilayotgan ishlarni loyiha talablariga to‘liq rioya etgan holda qayta ko‘rib chiqish va belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

Qayd etilishicha, ishlarning buyurtmachisi “O‘zbekiston temir yo‘llari”, pudratchisi esa “Ko‘prikqurilish” hisoblanadi.