Toshkentda ayrim avtobuslar yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda Toshkent shahar jamoat transporti boshqarmasi xabar bermoqda.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 95, 110, 128-sonli avtobuslar Ohangaron shossesi bo‘ylab qo‘shimcha mahalliy yo‘lga yo‘naltirilgan. 18, 30, 44, 49, 119, 129-sonli avtobuslar Qorasuv, Aviasozlar, Beshariq ko‘chalariga yo‘naltirildi.
O‘zgarishlar Yashnobod tumanidagi yo‘l uchastkasidagi qurilish ishlari bilan bog‘liq.