25-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda uch yoshli bolaning sotilishi haqida e’lon paydo bo‘ldi. Bolalar ombudsmani idorasi vaziyatni nazoratga olgan.
Rasmiy so‘rov bo‘yicha tekshiruv boshlandi. Ichki ishlar organlari sodir bo‘lgan voqeaga huquqiy baho berish uchun ish holatlarini o‘rganishga kirishgan.
“Bolaning hayoti va erkinligiga qarshi bunday jinoiy xatti-harakatlarga qonun doirasida qat’iy va murosasiz chek qo‘yilishi kerak”, — deyiladi ombudsman bayonotida.