Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi yigitning bog‘da qo‘llari bilan baliq tutayotgani aks etgan video tarqaldi. IIBB ma’muriy bayonnoma tuzilgani haqida ma’lum qildi.

Voqea 23-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida yuz berdi. Yigit baliqni qo‘liga olganida, yonidagi qizning noroziligiga duch keldi. U tanbeh bergani uchun qizni haqorat qila boshladi.

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzildi. Hujjatlar qonuniy qaror qabul qilinishi uchun Mirzo Ulug‘bek tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborildi.