Xitoyning Xunan provinsiyasi Xalq siyosiy maslahat kengashi qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari Day Daojin poraxo‘rlik uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda XXR Markaziy televideniyesi xabar bermoqda.

Guandun provinsiyasi Chjuxay shahrining o‘rta darajadagi xalq sudi tegishli ish bo‘yicha qaror chiqardi. Ayblanuvchi Day Daojin poraxo‘rlik uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi, uning ijrosi ikki yilga kechiktirildi, umrbod siyosiy huquqlardan mahrum qilindi va barcha shaxsiy mol-mulki musodara qilindi.

Mansabdor shaxsning noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan mol-mulki va undan keladigan daromadlar davlat xazinasiga o‘tkaziladi. Day Taojin turli lavozimlardagi xizmat mavqeidan g‘arazli maqsadlarda foydalangan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki qarindoshlari orqali umumiy qiymati 107 million yuandan (taxminan 14,9 million dollar) ortiq moliyaviy va moddiy boyliklarni noqonuniy ravishda qabul qilgan.

Iste’foga chiqqanidan so‘ng Day Daojin noqonuniy ravishda yana 3,66 million yuan (taxminan 510 ming dollar) qiymatdagi qimmatbaho buyumlarni qo‘lga kiritgan.