2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 3,1 mln nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 987,9 ming kishiga yoki 46,4 foizga ko‘paygan. Xorijliklar O‘zbekistonga qanday maqsadlarda tashrif buyurgan:
- qarindoshlarni yo‘qlash – 2,1 mln;
- sayohatlar – 434,4 ming;
- xizmat safari – 374,6 ming;
- tijorat – 152,1 ming;
- davolanish – 33,3 ming;
- o‘qish – 7,9 ming.